«ovqatdan zaharlanish» tegli maqolalar


Buxorodagi to‘yda 50 dan ortiq odam zaharlandi
13 aprel 2024, 21:45

Buxorodagi to‘yda 50 dan ortiq odam zaharlandi

Buxoro viloyatidagi to‘yda 53 kishi, jumladan, 13 nafar bola zaharlandi.

Surxondaryodagi maktab-internatda 30 dan ortiq o‘quvchi ovqatdan zaharlangan bo‘lishi mumkin
20 yanvar 2024, 21:43

Surxondaryodagi maktab-internatda 30 dan ortiq o‘quvchi ovqatdan zaharlangan bo‘lishi mumkin

Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 32 nafar o‘quvchi ovqatdan zaharlangani aytilmoqda. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlariga qaytgani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda 8 oyda 414 kishi ovqatdan zaharlandi
21 sentabr 2023, 12:51

O‘zbekistonda 8 oyda 414 kishi ovqatdan zaharlandi

O‘zbekistonda 8 oy davomida 414 kishi ovqatdan zaharlandi, ularning 2 nafari vafot etdi. Kasallanganlarning 81 nafarida botulizm aniqlandi. SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov bunday holatlar bog‘chalarda ko‘proq kuzatilayotganinni qayd etdi.

Angrenda ovqatdan zaharlangan 24 nafar bog‘cha bolasi shifoxonaga yotqizildi
15 sentabr 2023, 10:34

Angrenda ovqatdan zaharlangan 24 nafar bog‘cha bolasi shifoxonaga yotqizildi

Angren shahridagi 10-sonli bog‘chadan 24 nafar bola ovqatdan zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizildi, yana 7 nafariga tibbiy yordam berilib, uyiga jo‘natildi. Avvalroq 14 nafar bola shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi. Bog‘cha vaqtincha yopildi. Shifokorlar 240 nafar bolani ko‘rikdan o‘tkazdi.

Samarqandda 42 nafar fuqaro salatdan zaharlandi
5 avgust 2023, 10:56

Samarqandda 42 nafar fuqaro salatdan zaharlandi

Urgutdagi to‘yda qatnashgan 42 nafar fuqaro mayonezli salat iste’mol qilib, zaharlandi. Salatlar to‘ydan bir kun avval tayyorlangani va muzlatgichda saqlanmagani aniqlandi.

Namanganda oilaviy bog‘cha bolalari tortdan zaharlandi
4 avgust 2023, 09:18

Namanganda oilaviy bog‘cha bolalari tortdan zaharlandi

Uychi tumanidagi “Gulshan” oilaviy bog‘chasida 15 nafar bola tug‘ilgan kun uchun olib kelingan tortdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining xabar berishicha, hozirda bolalarning hammasi sog‘lom va ular yana bog‘chaga qaytarilgan.

Jizzaxda 57 kishi ovqatdan zaharlandi
27 iyun 2023, 13:58

Jizzaxda 57 kishi ovqatdan zaharlandi

Jizzax shahridagi oshxonalarning birida taomlangan 57 kishi zaharlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qildi. Ularning 11 nafariga yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berildi, 46 nafarining ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Prokuratura holatni o‘rganyapti.

Yil boshidan beri 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
16 may 2023, 10:57

Yil boshidan beri 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

O‘zbekistonda 2023-yilning o‘tgan davrida 107 nafar fuqaro ovqatdan zaharlangan (22 nafari bolalar), 2 bemor vafot etgan. Zaharlanishlar eng ko‘p uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida kelib chiqqan.

Toshkent viloyatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi
18 fevral 2023, 23:52

Toshkent viloyatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida bir oiladan to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana uch nafari kasalxonaga yotqizildi. O‘lim sababi oziq-ovqat yoki is gazidan zaharlanish bo‘lishi mumkin. Tekshiruv uchun ovqat qoldiqlaridan namunalar olindi.

Samarqandda butun oila botulizmga chalinib, 2 kishi vafot etgani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
1 fevral 2023, 08:42

Samarqandda butun oila botulizmga chalinib, 2 kishi vafot etgani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Qo‘shrabot tumanida bir oilaning 5 a’zosi botulizmga chalinib, ularning 2 nafari vafot etgandi. Aniqlanishicha, ular uy sharoitida tayyorlangan pomidor-bodring tuzlamasidan zaharlangan.

Toshkentdagi qurilishning 20 nafar ishchisi ovqatdan zaharlandi
18 yanvar 2023, 17:31

Toshkentdagi qurilishning 20 nafar ishchisi ovqatdan zaharlandi

Poytaxtdagi qurilish firmalarining birida 20 nafar ishchi ovqatdan zaharlangani aniqlandi. Ular tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan. SES xabariga ko‘ra, hozirda bemorlarning ahvoli qoniqarli.

Ikki oyda jami 36 nafar bog‘cha bolasi kasalxonaga yotqizildi — MTV
23 sentabr 2022, 17:36

Ikki oyda jami 36 nafar bog‘cha bolasi kasalxonaga yotqizildi — MTV

Avgust-sentabr oylarida respublika bo‘ylab jami 36 nafar bog‘cha bolasi turli xil kasalliklar bilan kasalxonaga yotqizildi. MTV bu kabi holatlarning barchasini tegishli xulosasiz ovqatdan zaxarlanish deb bo‘lmasligini qayd etdi. Vazirlik jurnalist va blogerlardan to‘g‘ri axborot taqdim etishni so‘ramoqda.

Navoiyda bog‘cha bolalari ovqatdan ommaviy zaharlangani aytilmoqda
11 sentabr 2022, 15:20

Navoiyda bog‘cha bolalari ovqatdan ommaviy zaharlangani aytilmoqda

Tarmoqlarda Karmana tumanidagi 6-sonli MTTda bolalar ommaviy zaharlangani aytilmoqda. 10 nafar tarbiyachi tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan. Viloyat prokuraturasi holat bo‘yicha tergovga qadar tekshirish boshlangani ma’lum qildi.

Andijonda 37 kishi ovqatdan zaharlandi
7 iyul 2022, 09:33

Andijonda 37 kishi ovqatdan zaharlandi

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida 37 kishi «nonburger» dan zaharlandi. Ularning 17 nafari shifoxonaga yotqizildi.

Samarqandda 15 kishi ehtiborsizlik oqibatida ovqatdan zaharlandi
8 oktabr 2020, 18:02

Samarqandda 15 kishi ehtiborsizlik oqibatida ovqatdan zaharlandi

Samarqandda xonadonlardan birida tuz o‘rniga natriy nitrat sepilgan tovuq kabobni iste’mol qilgan 15 kishi zaharlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting